Jamiyat

Farg‘ona tumani hokimi jazolandi

Published

on


Farg‘ona tumani hokimi Hamidullo Inomovga hayfsan jazosi berildi. Bu haqda Farg‘ona viloyat hokimi Xayrullo Bozorov farmoyish imzoladi. 

Hokim tumanda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi farovonligini ta’minlash va boshqa dolzarb masalalar bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarni bajarishda mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan. Shuningdek, Prezident Administratsiyasi ishchi guruhining viloyatga tashrifi davomida Farg‘ona tumanidagi “Mindonobod” kichik sanoat zonasida olib borilgan o‘rganishlarda kamchiliklar aniqlangan.

Xususan, sanoat zonasiga joylashtirilgan 22 ta loyihalardan bugungi kunga qadar atigi 3 tasi ishga tushirilgani, qolgan 19 ta loyihalarni o‘z vaqtida ishga tushirish bo‘yicha tizimli ishlar tashkil qilinmagani ko‘rsatib o‘tildi hamda ko‘p qavatli uylar atrofini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmagani aniqlandi. 

Farg‘ona tumani hokimining barcha o‘rinbosarlari faoliyatini tubdan o‘zgartirib, III-chorak yakuni bo‘yicha yuqori natijaga erishmasa lavozimidan olinadi. 

Ushbu qaror ijrosini nazorat qilishni Farg‘ona viloyati hokimi o‘z zimmasida qoldirgan. 



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version