Jamiyat
Euronews O‘zbekistondagi ijtimoiy o‘zgarishlarni e’tirof etdi
Xalqaro ommaviy axborot vositalarida O‘zbekistondagi ijtimoiy o‘zgarishlar haqida tobora ko‘proq yozilmoqda.
Yaqinda Euronews saytida katta maqola chop etildi: «O‘zbekiston qanday qilib o‘zining ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirmoqda?»
Eng qimmati — maqolada amaliy natijalar qayd etilgan:
– yagona raqamli tizim orqali yordam tezroq va shaffof taqdim etilmoqda;
– 92 mingdan ortiq nogironligi bo‘lgan fuqaro ish bilan ta’minlandi;
– taxminan 10 ming kishi mustaqil hayotga qaytdi;
– kambag‘allik reyestriga 621 ming oila kiritilgan va ular uchun individual yordam rejasi ishlab chiqilmoqda;
– reabilitatsiya vositalar ro‘yxati kengaydi (invalidlar aravachasidan tortib bionik protezlargacha) va ularni olish muddati ancha qisqardi.
Maqolada ta’kidlanganidek, islohotlar faqat “qog‘ozda” emas, balki minglab oilalarning hayotida sezilarli o‘zgarishlar yasamoqda: reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash, uy sharoitini moslashtirish, og‘ir vaziyatdan olib chiqish va ijtimoiy xodimlarning doimiy yordami — bularning barchasi real hayotiy misollarda ko‘rsatib berilgan.
Maqolani ushbu havola orqali to‘liq o‘qishingiz mumkin.