Mahalliy

Ertaga ishga xizmat mashinasida bora ko‘rmang!

Published

on


Ertaga, 25-may kuni davlat tashkilotlari va idoralari xodimlari uchun navbatdagi «Avtomobilsiz kun» aksiyasi o‘tkaziladi. Ushbu kunda xizmat avtotransport vositalaridan foydalanish qat’iyan taqiqlanadi.

​Mazkur cheklov 2026-yil 25-martda qabul qilingan «Atmosfera havosi sifatini yaxshilashga qaratilgan “Toza havo” umumilliy loyihasini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 46-sonli farmon talablariga asoslanadi. Hujjatga muvofiq, har oyning 10 va 25-sanalarida mamlakatimizda «Avtomobilsiz kun» va «Avtomobilsiz hafta» aksiyalarini tashkil etish belgilangan.

Farmon talablariga rioya qilmagan va belgilangan kunlarda xizmat avtotransportidan foydalangan davlat xizmatchilariga nisbatan intizomiy choralar ko‘rilishi mumkin.

Agar aksiya sanasi ish kuniga to‘g‘ri keladigan bo‘lsa, xizmatda bo‘lgan haydovchilarning ish haqi to‘liq saqlab qolinadi.

Aksiyaning asosiy maqsadi — shaharlarda atmosfera havosi sifatini yaxshilash, tirbandliklarni kamaytirish hamda aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni shakllantirishdan iborat.

​Mas’ul idoralar xodimlaridan ushbu talablarga amal qilishlari hamda belgilangan kunlarda ish joyiga yetib olish uchun alternativ transport vositalaridan foydalanishlari so‘raladi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version