Dunyodan
Eronlik yoshlar elektr stansiyasi atrofida “jonli zanjir” yaratishni so’rashdi
Eron hukumati yoshlar, sportchilar, talabalar va o‘qituvchilarni mamlakat elektr stansiyalari atrofida “jonli zanjirlar” hosil qilishga chaqirdi.
Tashabbusni Eron hukumatining Yoshlar masalalari bo‘yicha kengashi kotibi Alirizo Rahimiy ilgari surdi. Uning ta’kidlashicha, elektr stansiyalari mamlakatning strategik va milliy boyligidir.
Bu chaqiriq AQShning Eron energetika infratuzilmasiga ehtimoliy hujumlar haqidagi bayonotlari ortidan qilingan.
Xalqaro OAV maʼlumotlariga koʻra, Eron avval ham Gʻarb davlatlari bilan munosabatlari keskinlashgan bir paytda oʻzining yadroviy inshootlari atrofida bunday harakatlarni uyushtirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp agar Eron Hormuz bo‘g‘ozini ochmasa, mamlakat energetika ob’ektlariga zarba berilishi mumkinligini aytgan edi.
Ayrim siyosatchilar va huquq himoyachilari bunday ob’yektlarga hujumlar xalqaro huquq nuqtai nazaridan ziddiyatli ekanini ta’kidladilar.