Dunyodan
Erondagi tartibsizliklar 25 ta shaharga tarqaldi
Erondagi tartibsizliklar 25 ta shaharga tarqaldi. Bunga Sharqiy Ozarbayjondagi shaharlar kiradi.
Mamlakat g‘arbi va janubi-g‘arbida isyonchilar va politsiya o‘rtasidagi to‘qnashuvlar qonli tus oldi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, zo‘ravonliklarda kamida 15 kishi, jumladan, xavfsizlik kuchlari xodimlari halok bo‘lgan.
Isyonchilar Yosuji shahri markazini nazorat qilgan, Marvdashtda esa isyonchilar politsiya binosini egallab olgan. Eronning 31 viloyatidan 22 tasida isyon avjiga chiqdi. Noma’lum sabablarga ko‘ra Tehron g‘arbidagi Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi bazasida kuchli portlash sodir bo‘ldi.
Namoyishchilarning shiorlari juda qattiq va ochiq: “Diktatorga o‘lim”, “Bu oxirgi jang, Pahlaviy qaytadi”, “Janob Spiker, qayerdasiz?”, “Bizni qutqaring”, “Yashasin podshoh!”.
Voqea haqida izoh berar ekan, Eron oliy rahbari Ali Xomanaiy namoyishchilarning talablari o‘rinli ekanini aytdi. Shu bilan birga, “xoinlarni o`z joylariga sudrab borish kerak” dedi.