Dunyodan
Eronda ayollarga mototsikl haydashga ruxsat berilgan
Irnar axborot agentligining xabar berishicha, Eron hukumati ayollarga mototsikl haydashga ruxsat bergan.
Qaror birinchi vitse-prezident Muhammad Rizo Orif tomonidan imzolangan va yanvar oyida qabul qilingan. Hujjatga ko‘ra, mamlakat bosh qo‘mondonligi xotin-qizlar uchun yo‘l harakati politsiyasi nazorati ostida imtihon topshiradigan va tegishli haydovchilik guvohnomalarini beradigan amaliy ikki g‘ildirakli haydash kurslarini tashkil etish bilan shug‘ullanadi.
Shu paytgacha faqat eronlik ayollar mashina haydash huquqiga ega edi.