Dunyodan

Eronda AQSh va Isroilni qo’llab-quvvatlaganlarning mulki musodara qilinadi

Published

on


Eron Bosh prokuraturasi AQSh va Isroilning Eronga qarshi harakatlarini qo‘llab-quvvatlagan fuqarolarning barcha mol-mulkini musodara qilmoqda.

“Ogohlantirish Amerika sionistik (Isroil) rejimiga hamdard bo‘lgan, uni qo‘llab-quvvatlovchi yoki turli yo‘llar bilan hamkorlik qiladigan xorijda yashovchi Eron fuqarolariga qaratilgan”, — deya xabar bermoqda Reuters agentligi Eron Bosh prokuraturasi ma’lumotlariga tayanib.

Agentlik musodara qilishdan tashqari, sodiq bo’lmagan fuqarolarga nisbatan “qonunga asoslangan boshqa qonuniy choralar” ham ko’rishini e’lon qildi.

Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, 5 milliongacha eronlik xorijda istiqomat qiladi, ularning aksariyati AQSh va G‘arbiy Yevropada. Xorijda yashovchi ko‘plab taniqli eronliklar ijtimoiy tarmoqlarda Eron rahbariyatini tanqid qilib, AQSh va Isroil harbiy amaliyotlarini qo‘llab-quvvatlashini bildirishgan.

Erondagi so’nggi norozilik namoyishlaridan beri Eron diasporasi a’zolari muntazam ravishda Amerika va Yevropa shaharlarida ko’chalarga chiqib, Eron ichidagi namoyishchilarni qo’llab-quvvatlamoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version