Dunyodan

Eron qo’shni davlatlarga hujum qilmaslikka qaror qildi

Published

on


Eron prezidenti Masud Pezeshkian qo‘shni davlatlarga hujum qilmaslikka qaror qilganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qaror kecha bo‘lib o‘tgan muvaqqat boshqaruv qo‘mitasi yig‘ilishida qabul qilingan.

“Kecha Favqulodda Rahbarlar Kengashi quyidagi qarorni qabul qildi: endi qo’shni davlatlarga qarshi hujumlar va raketa otishlari bo’lmaydi. Eron o’z hududidan hujumga uchragan taqdirdagina javob qaytariladi”, – dedi u.

Pezeshkianning aytishicha, Eronning so’zsiz taslim bo’lish talabi bajarilmaydi.

“Biz so’zsiz taslim bo’lamiz, deb o’ylash shunchaki orzu”, – dedi Eron rahbari.

Shu bilan birga, u qo‘shni davlatlardan uzr so‘radi va Eronning boshqa davlatlarga bostirib kirish niyati yo‘qligini ta’kidladi.

“Biz boshqa davlatlarga hujum qilish niyatida emasmiz. Biz barcha kelishmovchiliklarni, xavotir va norozilikni bir chetga surib, birgalikda harakat qilishimiz kerak”, – dedi u.

Pezeshkyan, shuningdek, hozirgi vaziyatda mamlakat o‘z hududini himoya qilish majburiyati borligini aytdi.

Eron bu inqirozdan munosib chiqib ketishi uchun bugun biz o‘z hududimizni himoya qilishimiz kerak”.

Eron prezidenti xalqqa o’z minnatdorchiligini bildirib, xalqaro huquq normalariga rioya qilinmaganiga ishora qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “dushmanlar xalqaro huquqni hisobga olmagan holda tibbiyot muassasalari, shifoxonalar va hokazolarga hujum qilmoqda”.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version