Dunyodan

Eron Ozarbayjonga dron hujumini rad etadi

Published

on


Eron Qurolli kuchlari Bosh shtabi Ozarbayjonning dron hujumi haqidagi gumonini rad etdi. Bu haqda Eron davlat teleradiokompaniyasi xabar berdi.

Bayonotda Eron “barcha qo‘shni davlatlarning, xususan, birodar musulmon davlatlarning suverenitetini hurmat qilishi” ta’kidlanib, uchuvchisiz uchuvchi samolyotning Ozarbayjon tomon uchirilgani inkor etildi.

Eron Bosh shtabi uchuvchisiz samolyot Isroil tomonidan uchirilgan bo‘lishi mumkinligi va islom davlatlari o‘rtasidagi munosabatlarni yomonlashtirishga qaratilganini aytdi.

Avvalroq Boku rasmiylari ikkita dron Naxchivan hududiga, biri Naxchivan xalqaro aeroporti terminaliga, ikkinchisi esa Shekelobod qishlog‘idagi maktab yaqiniga qo‘nganini ma’lum qilgandi.

Ushbu hodisa natijasida to’rt kishi jarohatlangan. Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi javob choralari ko‘rilishi mumkinligini aytib, Erondan tez orada tushuntirish so‘ragan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version