Dunyodan

Eron oliy rahbari: “Dushmanning rejasi barbod bo‘ldi, xalq qarshilik ko‘rsatdi”

Published

on


Eron oliy rahnamosi Mojtabo Xomanaiy AQSh va Isroil bilan davom etayotgan mojaro fonida quyidagi nutqini aytdi.

Yozma murojaatida u hujum Eron rahbariyatini yo‘q qilishi va hatto hukumatini ag‘darib yuborishi mumkinligi haqidagi fikrni “xayolparastlik” deb atadi.

“Dushman milliy rahbariyat va nufuzli harbiylarni yo‘q qilib, aholida qo‘rquv uyg‘otadi va ularni jang maydonini tark etishga majbur qiladi, deb o‘ylagan”, — dedi Homaney.

Nutq Fors Yangi yili Navro‘z bayramiga to‘g‘ri kelib tayyorlandi va Eron davlat televideniyesi orqali o‘qildi.

Oliy rahnamoga ko‘ra, bu reja amalga oshmadi va Eron jamiyati qarshilik ko‘rsatishda birlashdi.

“Mamlakat boʻylab keng mudofaa chizigʻini qurdik. Shaharlar, mahallalar, masjidlar mustahkam qoʻrgʻonga aylandi”, dedi u.

Shuningdek, u Eron jamiyatining birlashgan harakatlari dushmanni hayratda qoldirganini qayd etdi.

“Natijada, dushman qarama-qarshi va mantiqsiz bayonotlar bera boshladi. Bu ularning ruhiy zaifligi va vaziyatni tushunmasligidan dalolat beradi”, – dedi Eron oliy rahbari.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version