Dunyodan
Eron nega Hurmuzni yana qamal qildi?
Eron hukumati Hormuz bo‘g‘ozini ochishdan bosh tortdi. “Fars” axborot agentligi Eron Qurolli kuchlari Bosh shtabi qarorini ma’lum qildi.
Bunga AQShning Eron portlarini qamal qilishda davom etishi sabab bo‘ldi.
“Agar qamal davom etsa, Hormuz boʻgʻozi ochilmaydi”, deb yozgan Eron parlamenti spikeri Muhammad Boqir Kalibov avvalroq X platformasi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tasnim agentligi Eron Hurmuz bo‘g‘ozini ma’lum shartlar asosida ochgani haqida xabar bergan edi.