Dunyodan
Eron hukumati samolyoti Moskvaning Vnukovo aeroportiga qo‘ndi
Eron hukumati samolyoti Moskvaning Vnukovo aeroportiga qo‘ndi. Samolyotda mamlakat prezidenti Masud Pezeshkian bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.
Shunisi e’tiborga loyiqki, bu Pentagonning Eron rasmiylariga qarshi “tanlab zarbalar” berishi haqida keng tarqalgan xabarlar fonida sodir bo’lmoqda. Prezident Donald Tramp yaqin orada bayonot berishi aytilmoqda.
Kuzatuv kanali xabariga ko‘ra, Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni qo‘lga olishda ishtirok etgan AQSh harbiy samolyoti Yaqin Sharqqa uchmoqda.
Yaqin Sharqqa AQSh harbiy-dengiz kuchlarining kemalari ham yetib keldi.