Dunyodan
Eron Hormuzni yana yopdi va AQSh bilan muzokaralarni to’xtatdi
Eron Hurmuz bo‘g‘ozini yana yopgani va AQSh bilan muzokaralarni to‘xtatgani haqida ham xabarlar bor.
Germaniyaning Bild gazetasi Eron OAVlariga tayanib, bunday qarorga Isroilning Livan hududiga uyushtirgan hujumlari sabab bo‘lganini xabar qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Hormuz bo‘g‘ozi yaqinida ogohlantiruvchi o‘q uzilgan. Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IRGC) ham kemalarni bo‘g‘ozdan uzoqroq turishlari uchun radio orqali ogohlantirdi.
Hozircha bu maʼlumot rasmiy manbalar tomonidan tasdiqlanmagan.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan o‘zaro anglashuv memorandumi tasdiqlanganini ma’lum qilgandi. AQSh va Eron OAVlarining xabar berishicha, tomonlar hujjatni elektron shaklda imzolagan.
Memorandum shartlariga ko‘ra, Eron hukumati Hormuz bo‘g‘ozi orqali o‘tuvchi kemalarga 60 kun davomida quvvat olishni taqiqlaydi.