Dunyodan
Eron Hormuz bo‘g‘ozini ochadi, lekin uchta shart bilan
Tasnim agentligi xabariga ko‘ra, Eron Hormuz bo‘g‘ozini ochgan, shu bilan birga kemalar navigatsiyasi uchun uchta asosiy shartni e’lon qilgan.
Birinchidan, bo‘g‘ozdan harbiy kemalarning o‘tishi taqiqlangan. Kema faqat tijorat maqsadlarida bo’lishi kerak va uning egasi yoki yuki Eronga dushman deb hisoblangan hech bir davlat bilan aloqasi bo’lmasligi kerak.
Ikkinchidan, barcha kemalar faqat Eron tomonidan belgilangan maxsus yo‘nalishlar bo‘ylab suzib yurishi kerak.
Uchinchidan, kemalar harakati Eron maxsus kuchlari (Islom inqilobi gvardiyasi korpusi) nazorati va muvofiqlashtirishi ostida amalga oshiriladi.
Bo‘g‘ozni ochish masalasi ko‘plab omillarga, xususan, Livandagi urushning to‘xtashiga bog‘liq. Eron, agar dengiz blokadasi davom etsa, bu o‘t ochishni to‘xtatish rejimini buzish sifatida baholanishini bildirdi.