Dunyodan
Eron Hormuz boʻgʻozi orqali oʻtayotgan kemalarni ogohlantirdi
Xurmuz bo‘g‘ozi orqali suzib ketayotgan yuk kemasi snaryadga uchradi. Britaniya harbiylari hodisada kemaning boshqaruv qismi shikastlanganini, biroq qurbonlar va atrof-muhitga zarar yetkazilgani haqida xabar berilmaganini aytdi.
Hodisa Ummon qirg‘oqlaridan 12,5 dengiz mili uzoqlikda sodir bo‘lgan. Hodisa Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi Tehron ruxsatisiz Hormuz bo‘g‘ozi orqali o‘tadigan kemalar haqida navbatdagi ogohlantirish berganidan bir necha soat o‘tib sodir bo‘lgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan videoda IIMK dengiz floti nomidan radio ogohlantirish eshitilishi mumkin. Unda aytilishicha, Hormuz boʻgʻozi orqali oʻtish faqat Eron ruxsati bilan va belgilangan yoʻnalishlar boʻylab amalga oshirilishi kerak.
Shu bilan birga, Ummon Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro dengiz tashkiloti bilan hamkorlikda kemalar uchun yangi xavfsiz marshrutni ishga tushirdi. Maʼlumotlarga koʻra, ushbu yoʻnalish boʻylab oʻtuvchi kemalar soni tez surʼatlar bilan ortib bormoqda.
Eron bu yo‘nalishni “qabul qilib bo‘lmaydigan va o‘ta xavfli” deb atadi, chunki u o‘z roziligisiz o‘rnatilgan.
AQSh Davlat kotibi Marko Rubio Fors ko‘rfazi mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashuvda AQSh va uning ittifoqchilari Hormuz bo‘g‘ozi orqali yuk tashish erkinligini ta’minlashda davom etishini aytdi. Uning aytishicha, yangi dengiz yo‘llari ochiq qolishi muhim.