Dunyodan
Eron bir qancha davlatlardagi Isroil va AQSh harbiy bazalariga hujum qilmoqda
Nour axborot agentligining xabar berishicha, Eron Isroil tomon o‘nlab raketalarni uchirdi. Quddusda portlashlar eshitilmoqda. Raketalardan biri Tel-Avivga qulagan, biroq portlash oqibatida ko‘rilgan zarar haqida ma’lumot yo‘q.
Eron, shuningdek, Bahrayndagi AQSh 5-flotining texnik xizmat ko‘rsatish inshootiga raketa hujumi uyushtirdi. Maʼlumotlarga koʻra, bu yerda AQShning Fors koʻrfazidagi eng yirik harbiy-dengiz bazasi joylashgan.
Shuningdek, AQShning Quvayt, Saudiya Arabistoni, Iordaniya va Iroqdagi harbiy obyektlariga hujum qilgan.
Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahri uzra Eron ballistik raketasi urib tushirildi.
BAA va Qatar havo hududini yopdi.