Dunyodan
Eron bilan bog’liq “10 bandlik tinchlik rejasi” uydirma
AQSh prezidenti Donald Tramp OAVning Eron bilan muzokaralar olib borish bo‘yicha 10 banddan iborat tinchlik rejasini rad etdi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi bayonotida u New York Times va CNN tomonidan chop etilgan rejalarni “to’liq uydirma” deb tanqid qildi.
Prezident Tramp 10 ta bandning barchasi “noto’g’ri va dezinformatsiya” ekanligini aytdi. Shu bilan birga u jurnalistlarni qattiq tanqid qildi.
Avvalroq Eron Tashqi ishlar vazirligi kotibi Seyid Abbos Aroqchi AQSh prezidenti 15 banddan iborat taklifni qabul qilgani va Eronning 10 banddan iborat taklifi muzokaralar uchun asos bo‘lib qolgani haqida bayonot bergan edi.