Dunyodan
Eron AQSh bilan tinchlik shartnomasi shartlarini e’lon qildi
Eron Qatar orqali AQShga tinchlik kelishuvining asosiy shartlaridan birini taqdim etdi.
Telegraph nashrining xabar berishicha, Eron hukumati Eronning muzlatilgan 24 milliard dollarlik aktivlarini blokirovkadan chiqarishni talab qilmoqda. Taklifga ko‘ra, memorandum e’lon qilinishi bilanoq 12 milliard dollar o‘tkazilishi, qolgan 12 milliard dollar esa 60 kun ichida qo‘yib yuborilishi kerak.
Bu talab Vashingtonda qizg’in bahs-munozaralarga sabab bo’ldi, deydi manbalar. Donald Trampning ba’zi ittifoqchilari bu mablag‘larni Hormuz bo‘g‘ozi inqirozidan keyin Eronga “mukofot” sifatida ajratishni ko‘rib chiqmoqda.
Ayni paytda AQSh va Eron o‘rtasida Hormuz bo‘g‘ozini qayta ochish va urushni tugatish bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda.