Jamiyat

Erkinjon Turdimovga sun’iy intellekt bo‘yicha maslahatchi tayinlandi

Published

on


Sirdaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimovning tegishli qarori bilan Anvarov Oybek To‘lqinjonovich Sirdaryo viloyati hokimining raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

Oybek Anvarov ushbu tayinlovga qadar «IT-Park» Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkining Sirdaryo viloyati filiali rahbari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Shuningdek, viloyat hokimi  Abrorjon Allayorovni viloyat hokimligidagi qishloq va suv xo‘jaligi masalalari kotibiyati mudiri lavozimiga tayinladi.

Abrorjon Allayorov ushbu tayinlovga qadar Sirdaryo viloyati hokimligi tashkiliy-kadrlar guruhida bosh mutaxassis lavozimida faoliyat yuritib kelgan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version