Sport

Eng qimmat tarkibga ega top-100 klub e’lon qilindi

Published

on


Eng yuqori beshlikni ingliz klublari egalladi, ular tarkibni shakllantirishga milliard yevrodan ortiq mablag‘ sarflagan.

Futbol bo‘yicha sport tadqiqotlari xalqaro markazi (CIES) dunyoda eng qimmat tarkibga ega 100 ta klubni e’lon qildi.

Reytingni Angliyaning «Chelsi» klubi boshqarib turibdi. Londonliklar hozirgi tarkibi uchun 1,314 mlrd yevro mablag‘ sarflagan.

Milliarddan ko‘proq pul sarflagan yana to‘rtta klub bor, ularning barchasi Angliyaniki: «Manchester Siti» (1,128 mlrd yevro), «Manchester Yunayted» (1,071 mlrd yevro), «Liverpul» (1,065 mlrd yevro) va Londonning «Arsenal» klubi (1,001 mlrd yevro).

Madridning «Real» klubi 854 mln yevroli tarkib bilan reytingda 8-o‘rinda turibdi. «Barselona» 463 mln yevroli tarkib bilan 15-o‘rinda.

Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubi Osiyoda eng qimmat tarkibga ega – 451 mln yevro (umumiy reytingda 17-o‘rin).

O‘zbekiston klublari reytingga kiritilmagan.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, o‘tgan yilga nisbatan top-10 jamoalarning joriy asosiy tarkibni shakllantirishga ajratgan mablag‘lari 15 foizga (8,44 mlrd yevrodan 9,67 mlrd yevrogacha), top-100 klublarniki esa 12 foizga (26,23 mlrd yevrodan 29,42 mlrd yevrogacha) oshgan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version