Iqtisodiyot
Eng ko‘p soliq to‘lagan elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi xorij kompaniyalari «o‘ntaligi»
O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 78 ta xorijiy kompaniya tomonidan 2025-yilda 181,3 mlrd so‘m soliq to‘langan. Bu 2024-yilga nisbatan 50 foizga ko‘p.
Elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi TOP-10 ta xorijiy kompaniyalar:
Apple – 49,5 mlrd so‘m;
Meta – 49 mlrd so‘m;
Google – 44,4 mlrd so‘m;
OpenAI – 11,7 mlrd so‘m;
Vooking.som – 4,3 mlrd so‘m;
TikTok – 3,5 mlrd so‘m;
Netflix – 1,8 mlrd so‘m;
Acca – 1,6 mlrd so‘m;
Xsolla – 1,5 mlrd so‘m;
Amazon – 1,4 mlrd so‘m.
Soliq kodeksining 281-moddasiga binoan elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi chet el yuridik shaxslari o‘tgan chorakdan keyingi oyning 20-kunidan kechiktirmay soliq hisobotlarini taqdim etadi va soliqlarni to‘laydi.