Jamiyat

Eng ko‘p kitob o‘qigan xodimga 1 oylik ish haqi miqdorida pul mukofoti beriladi

Published

on


Vazirlik va idoralarda kitobxonlik bo‘yicha ichki reyting tizimi joriy etilib, tanlov asosida eng ko‘p kitob o‘qigan xodim 1 oylik ish haqi miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Prezident farmoniga ko‘ra, barcha vazirlik va idoralarda kitobxonlik madaniyatini kuchaytirishga qaratilgan qator choralar belgilandi.

Jumladan:


2026 yil 1 martga qadar har bir idorada tegishli soha bo‘yicha tavsiya etiladigan kasbiy adabiyotlar ro‘yxati shakllantiriladi;
har yili kamida 3 tadan kasbiy xorijiy adabiyot mahalliy nashriyotlar orqali o‘zbek tiliga tarjima qilinib, mutaxassislar ishtirokida izohlar, lug‘at va misollar bilan boyitish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi;
2026 yil 1 aprelga qadar idora va tizim tashkilotlarida “Kitob burchagi” tashkil etiladi hamda xodimlar uchun har oy “Kitob o‘qish soati” joriy etiladi;
kitobxonlik bo‘yicha ichki reyting tizimi ishga tushiriladi;
tanlov asosida eng ko‘p kitob o‘qigan xodimga 1 oylik ish haqi miqdorida pul mukofoti beriladi.

Shuningdek, eng ko‘p kitob o‘qigan top-100 talikka kirgan o‘quvchi va talabalarning har biriga BHMning 25 baravari miqdorida pul mukofoti berilishi belgilangan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version