Jamiyat

Energetika vazirligi elektr va gaz muammolari bo‘yicha 24/7 murojaat kanallarini eslatdi

Published

on


Elektr va gaz ta’minotiga oid savol, shikoyat va takliflar uchun qisqa raqamlar va telegram manzillar 24/7 rejimida ishlaydi. Fuqarolar murojaatlari tezkor qabul qilinib, mas’ullar tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Energetika vazirligi aholi va tadbirkorlik sub’yektlarini elektr hamda gaz ta’minoti bilan bog‘liq masalalarda qator aloqa kanallaridan foydalanishga chaqiradi.

Qisqa raqamlar (24/7): elektr ta’minoti: 1154, gaz ta’minoti: 1104 va 104.

Telegram orqali murojaat: tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minoti: @hududgaz_murojaat_bot, elektr ta’minoti: @HET_admin.

Murojaatlar kun-u tun qabul qilinadi. Qo‘ng‘iroq qilishda masalani aniqlashtirish uchun manzil, abonent raqami va muammo tafsilotlarini tayyorlab qo‘yish tavsiya etiladi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version