Jamiyat

Endi nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga noqonuniy aralashganlar jarimaga tortiladi

Published

on


Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatiga noqonuniy aralashganlar javobgarlikka tortiladi. Bu O‘zbekiston prezidenti tomonidan 21 avgustda imzolangan qonun bilan belgilab qo‘yildi.

Qonunchilik palatasi tomonidan 2025 yil 15 aprelda qabul qilinib, Senat tomonidan 30 aprelda ma’qullangan qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Xususan, kodeks 197-8-modda (nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish) bilan to‘ldirildi. Unga ko‘ra, davlat organlari mansabdor shaxslari tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish BHMning 7 baravaridan 10 baravarigacha (2 mln 884 ming so‘mdan 4 mln 120 ming so‘mgacha) jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha (4 mln 120 ming so‘mdan 6 mln 180 ming so‘m) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Nodavlat notijorat tashkilotlari (diniy tashkilotlar bundan mustasno), shuningdek, ularning vakolatxonalari va filiallarining davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan (hisobga olinmasdan) faoliyatni amalga oshirgani uchun jarimalar maksimal miqdori kamaytirildi. Endilikda bu BHMning 15 baravaridan 25 baravarigacha (6 mln 180 ming so‘mdan 10,3 mln so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Ilgari jarimaning yuqori miqdori BHMning 30 baravariga (12 mln 360 ming so‘m) teng edi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version