Jamiyat
Endi isitish va issiq suv ta’minoti uchun to‘lovlar alohida ko‘rsatiladi
Iste’molchining shaxsiy onlayn kabinetiga o‘zgarishlar kiritildi.
Toshkentda isitish va issiq suv ta’minoti xizmatlari uchun to‘lovlar alohida ko‘rsatiladi. Bunday imkoniyat iste’molchining shaxsiy onlayn kabinetiga qo‘shildi, deb xabar berdi Veolia Energy Tashkent.
«Sharhlash» bo‘limi endi to‘lov qaysi xizmat uchun ekanini ko‘rsatadi – isitish yoki issiq suv ta’minoti. To‘lov miqdori har bir xizmat uchun alohida ko‘rsatiladi.
Yangi funksiyadan foydalanish uchun cabinet.veoliaenergy.uz manzili orqali shaxsiy kabinetga kirish, «Hisob-kitoblar» bo‘limidan kerakli davrni tanlab, «Sharhlash» tugmasini bosish kerak.
Kompaniya noaniqliklar aniqlansa yoki xizmatni yaxshilash bo‘yicha takliflar bo‘lsa murojaat qilish mumkinligini eslatdi.