Jamiyat

Endi faoliyati bo‘yicha hudud va tarmoqlar rahbarlari reytingi shakllantiriladi

Published

on


Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun ijtimoiy-sotsiologik tadqiqot natijalari davlat siyosati va islohotlarining asosiy yo‘nalishlarini belgilab berishi kerakligini ta’kidladi. Shu bois, sotsiologiya fan sifatida qayta tiklandi, oliygohlarda sotsiologlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.

Mazkur ishlarning mantiqiy davomi sifatida ijtimoiy-sotsiologik tadqiqotlar ko‘lami va sifati oshiriladi.

Endilikda bir martalik so‘rovlar emas, balki qayerda ishonch ortayotgani, qayerda zaiflashgani, qaysi qarorlar adolatli, qaysilari odamlarga manfaat keltirmayotgani bo‘yicha doimiy ravishda monitoring va tahlillar o‘tkaziladi.

Prezident Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti hamda Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutiga hudud va tarmoqlar rahbarlari reytingi metodologiyasini ishlab chiqib, tahlillar asosida reytingni shakllantirish va muntazam ravishda Prezidentga kiritib borish topshirildi.

Ijro intizomi masalalari ham ko‘rib chiqildi. Berilgan har bir topshiriqning real ijro holati bo‘yicha kundalik nazorat o‘rnatish, mas’uliyatni his qilmagan, sustkashlikka yo‘l qo‘ygan rahbarlar bo‘yicha tanqidiy, ochiq va xolis axborot kiritib borish vazifasi qo‘yildi.

Yig‘ilishda mutasaddilarning hisobotlari tinglandi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version