Jamiyat

Emomali Rahmon davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga kelyapti

Published

on


Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 26-27 mart kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘ladi.

Tashrif doirasida oliy darajadagi muzokaralar hamda O‘zbekiston va Tojikiston yetakchilari raisligida Oliy davlatlararo kengashning birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Bo‘lajak tadbirlar kun tartibidanO‘zbekiston – Tojikiston do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari o‘rin olgan.

Siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va hududlararo hamkorlikni kengaytirish, sanoat kooperatsiyasi hamdatransport sohasida o‘zaro bog‘liqlikni rivojlantirish, suv va energetika xavfsizligini ta’minlash hamda keng ko‘lamli madaniy va gumanitar almashinuvlarni davom ettirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Davlat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar hamda ko‘p tomonlama formatlar doirasidagi hamkorlik yuzasidan fikr almashadilar.

Shuningdek, bir qator yangi qo‘shma loyihalarni ishga tushirish ko‘zda tutilgan, ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plami imzolanishi rejalashtirilgan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version