Iqtisodiyot
Elektrotexnika sanoatida eksport hajmi 3 mlrd dollarga yetkaziladi
“Elektrotexnika sanoatida xomashyoni chuqur qayta ishlashni rag‘batlantirish, sohaning investitsiyaviy hamda eksport salohiyatini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Elektrotexnika sanoatida erishiladigan asosiy maqsadli ko‘rsatkichlar etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
🔹 2026 yilda eksport geografiyasini 80 ta davlatga va eksport hajmini 3 milliard dollarga;
🔹 2030 yilda mis xomashyosini birja savdolariga chiqarish hajmini 225 ming tonnaga yetkazish.
Qarorga ko‘ra, 2026–2027 yillarda elektrotexnika sanoati korxonalari bo‘lgan barcha toifadagi tadbirkorlik sub’yektlariga aylanma mablag‘ uchun, shu jumladan, mis xomashyosini xarid qilishga ajratiladigan tijorat banklari kreditlari bo‘yicha “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati hisobidan, kredit miqdoridan qat’i nazar, uning 20 milliard so‘m ekvivalentidan oshmagan qismi bo‘yicha:
🔸 foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining ikki baravaridan ortiq bo‘lmagan milliy valutadagi kreditlarning asosiy stavkadan 4 foiz punkt yuqori qismi, lekin 10 foiz punktdan oshmagan miqdorda;
🔸 xorijiy valutadagi kreditlar foiz stavkasining 6 foizdan yuqori qismi, biroq 5 foiz punktdan oshmagan miqdorda tadbirkorlik sub’yektining barqarorlik reytingidan qat’i nazar kreditning to‘liq muddatiga kompensatsiya qilib beriladi;
🔗 10 milliard so‘m ekvivalentigacha, biroq kreditning 50 foizidan ortiq bo‘lmagan qismiga kafillik taqdim etiladi.