Sport
Eldor Shomurodovning transfer qiymati oshib, Abbosbek Fayzullayevga tenglashdi
Transfermarkt portali Turkiya Superligasida to‘p surayotgan futbolchilarning transfer narxlarini yangiladi. Unga ko‘ra, Eldor Shomurodovning bahosi sezilarli darajada oshdi.
Eldor Shomurodovning transfer qiymatiga 2 million yevro qo‘shilib, 7 million yevroni tashkil etmoqda.
Bunga uning «Istanbul Bashakshehir» safidagi muvaffaqiyatli o‘yinlari sabab bo‘ldi. U joriy mavsumda Superliganing 24 ta o‘yinida 16 ta gol urib, 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eldorning jamoadoshi — yana bir yurtdoshimiz Abbosbek Fayzullayevning transfer qiymati o‘zgarmadi, uning ham narxi — 7 mln yevro.
Jiddiy jarohat olib safdan chiqqan Husniddin Aliqulovning qiymati ham oldingidek qoldi — 1,5 million yevro.
Turkiya Superligasining eng qimmat futbolchilari uchligi:
Viktor Osimhen — «Galatasaroy», 75 mln yevro)
Matteo Genduzi — «Fenerbahche», 28 mln yevro
Barish Yilmaz — «Galatasaroy», 26 mln yevro