Sport

Eldor Shomurodovning goli JCh–2026 guruh bosqichidagi eng chiroyli deb topildi

Published

on


FIFA saytida JCh-2026 guruh bosqichi davomida urilgan 12 ta gol orasidan eng chiroylisini aniqlash uchun ovoz berish jarayoni yakunlandi.

O‘zbekiston milliy jamoasi sardori Eldor Shomurodovning Kongo DR darvozasiga urgan goli eng chiroyli deb topildi.

Hujumchi o‘yinning 10-daqiqasida jarima maydoniga oshirilgan to‘pga yetib borib, o‘tkir burchak ostida turganiga qaramay, to‘pni parashyut uslubida raqib darvozaboni ustidan oshirib tashlagan va hisobni ochgan edi.

FIFA bu vaziyatga shunday baho berdi: «Santimetrigacha aniq hisoblangan va mukammal ijro etilgan bu gol O‘zbekistonning jahon chempionatidagi debyutining eng yorqin lahzasi bo‘ldi».

Shomurodovning goli Lionel Messi, Kilian Mbappe va Vinisius Junior kabi yulduzlar gollaridan o‘zib ketdi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version