Sport

Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tishi aytilmoqda

Published

on


O‘zbekiston terma jamoasi va «Roma» klubi hujumchisi Eldor Shomurodov 2025/26 yilgi mavsumdan Turkiya superligasida to‘p surishi mumkin. Shomurodovga Istanbulning «Bashakshehir» klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda, deb yozdi «Gazeta arena» nashri.

Turkiyaning «Galatasaroy», «Fenerbahche», «Beshiktosh», «Trabzonspor» kabi nomdor klublari ham Eldorni o‘z safida ko‘rishni istaydi. Biroq o‘zbek futbolchisi bilan shartnoma imzolashga eng yaqini «Bashakshehir», deyiladi xabarda.

Turkiyalik insayder aytishicha, Shomurodov «Bashakshehir»ning taklifini ijobiy qabul qilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, «Roma» yozgi transfer oynasida Shomurodovni sotmoqchi, chunki uning shartnomasi kelasi mavsumda yakunlanadi va klub uning sotuvidan kattaroq foyda olishni maqsad qilgan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version