Jamiyat
Ekologiya vazirligi xazonlarni yoqib yubormaslik to‘g‘risida ogohlantirdi
Ekologiya vazirligi xazon, shox-shabba, o‘simliklarning boshqa qoldiqlarini yoqib yubormaslik to‘g‘risida ogohlantirmoqda.
Foto: Ekologiya vazirligi
Bu harakat Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 88-moddasiga asosan fuqarolarga 1 mln 236 ming so‘mdan 2 mln 60 ming so‘mgacha, mansabdor shaxslarga 2 mln 60 ming so‘m 4 million 120 ming so‘mgacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa, fuqarolarga 2 million 60 ming so‘m — 2 mln 884 ming so‘m, mansabdor shaxslarga 4 mln 120 ming so‘m — 6 mln 180 ming so‘m miqdorda jarima solinadi.
O‘simlik qoldiqlarini yoqish natijasida atmosferaga is gazi, uglerod oksidi kabi zararli moddalar ajralib chiqadi.