Jamiyat

Ehtiyojmand oila xotin-qizlariga imtiyoz beruvchi tavsiyanomalar uchun qabul boshlandi

Published

on


Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga oliy ta’lim muassasalari uchun qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari doirasida tavsiyanoma berish jarayoni boshlandi. Arizalar «my.gov.uz» yagona portali orqali elektron shaklda qabul qilinmoqda.

Tavsiyanomalar 4 ming nafar xotin-qiz uchun ajratiladi. Ariza topshirish 8 iyunga qadar davom etadi.

Mazkur imtiyoz ehtiyojmand oilalardagi qizlarning oliy ta’limga kirish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan. Tavsiyanoma olgan abituriyentlar tanlovda alohida qo‘shimcha qabul parametrlari asosida ishtirok etadi.

Belgilangan mezonlarga ko‘ra, «Ijtimoiy reyestr»ga kiritilgan oilalarning xotin-qizlariga tavsiyanoma beriladi.

Shuningdek, to‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ota-onasidan biri yoki har ikkisi vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar ham mazkur toifaga kiritilgan.

Turmush o‘rtog‘i vafot etgan va voyaga yetmagan farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan ayollar, nogironligi bo‘lgan farzandi bor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar ham tavsiyanoma olish huquqiga ega.

Bundan tashqari, ikki va undan ortiq farzandni tarbiyalayotgan, ijarada yashovchi yolg‘iz ayollarning qiz farzandlari hamda ota-onasidan biri yoki har ikkisi birinchi yo ikkinchi guruh nogironi bo‘lgan oilalardagi xotin-qizlar uchun ham imtiyoz nazarda tutilgan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version