Jamiyat

DXXga ishga kiritishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Published

on


Ular Davlat xavfsizlik idoralariga ishga kiritib qo‘yishga va’da berib, fuqarolardan katta miqdordagi mablag‘larni firibgarlik yo‘li bilan olgan.

Qashqadaryo viloyati, Koson tumanida yashovchi, muqaddam firibgarlik uchun sudlangan 37 yoshli shaxs yana jinoyatga qo‘l urdi, deb xabar berdi DXX.

U o‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirib, davlat xavfsizlik organlariga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, 2024 yilning sentabr oyidan 2025 yilning iyun oyiga qadar turli bahonalar bilan fuqaroni aldab, jami 30 ming AQSh dollari va 510 mln so‘m pul mablag‘ini olgan. Bundan tashqari, ushbu fuqaroning qarindoshini Qurolli Kuchlar akademiyasiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 10 ming AQSh dollari talab qilib, hozirga qadar 4 ming AQSh dollari olgan.

DXX xodimlari tomonidan Qarshi shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda u so‘ralgan 10 ming dollar hisobidan yana 2 ming dollarni olgan vaqtida ushlangan. Hozir unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi va 28,211-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Shuningdek, Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida istiqomat qiluvchi, 64 yoshli shaxs o‘zganing ishonchiga kirib, uni DXX idoralariga ishga kiritib qo‘yish va’dasi evaziga 7 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlangan.

Hozir unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version