Jamiyat

DXX va prokuratura yirik dorifurushni qo‘lga tushirdi

Published

on


Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona tumani bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda fuqaro X.I. “Xo‘ja Axmad Vale” MFY hududidagi xonadonida 6 880 dona “Zardeks” nomli dori vositasini sotish maqsadida saqlab kelganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoki bunday moddalarni yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Toshkentda xizmat xonadonida narkolaboratoriya tashkil etgan IIB xodimi qo‘lga tushgandi. 



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version