Jamiyat

DXX va prokuratura tezkor tadbirida advokat ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi

Published

on


Sirdaryo tumanida davlat hisobidan himoyachi sifatida jalb etilgan advokat gumonlanuvchini hibs sharoiti va suddagi ishini “ijobiy hal qilish” evaziga 5 500 AQSh dollari talab qilgan. Tezkor tadbir paytida u pulning bir qismi – 4 500 AQSh dollari va 6 mln so‘mni qabul qilgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, advokat tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan jinoyat ishi bo‘yicha gumonlanuvchini Xovos tumanidan Sirdaryo tumani IIB vaqtincha saqlash hibsxonasiga o‘tkazish, keyin esa ishni sudda uning foydasiga hal qilishni va’da etgani uchun pul talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati va prokuratura organlari xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan tezkor tadbirda u pul mablag‘larini qabul qilib olganida ushlandi, mablag‘lar va tegishli ashyoviy dalillar protsessual tartibda rasmiylashtirildi.

Ma’lumot uchun, ushbu advokat gumonlanuvchining huquqlarini himoya qilish maqsadida davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish uchun tayinlangani qayd etilgan.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksi 168-moddasi 3-qismi “v” bandi hamda 28, 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version