Siyosat

DXX raisi Afg‘oniston poytaxtiga bordi

Published

on


DXX raisi Bahodir Qurbonov Afg‘onistonda mamlakat mudofaa vaziri bilan uchrashdi. 

22-iyul kuni O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi, general-polkovnik Bahodir Qurbonov Kobul shahrida «Tolibon» Milliy mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchisi Mulla Muhammad Yoqub bilan uchrashdi.

Uchrashuvda DXX raisining o‘rinbosari Farrux Muxtorov, DXX raisining o‘rinbosari — chegara qo‘shinlari qo‘mondoni Salimjon Hasanov va boshqa rasmiy delegatsiya a’zolari qatnashgan.

Ma’lum qilinishicha, uchrashuvda O‘zbekiston delegatsiyasi Afg‘onistondagi xavfsizlik holati va iqtisodiy taraqqiyotdan mamnun ekanini, ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash muhimligini ta’kidlagan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version