Dunyodan
Dunyoning eng qimmat brendi e’lon qilindi
Brand Finance 2026 yil uchun dunyoning eng qimmat brendlari reytingini e’lon qildi.
Reytingda texnologiya giganti 607,6 milliard dollarga baholangan Apple yetakchilik qilmoqda. “Apple brendining qiymati 6 foizga oshdi”, deyiladi Brand Finance hisobotida.
Microsoft bundan ham yuqori ball oldi. Reytingda ikkinchi o‘rinni egallagan kompaniyaning brend qiymati 565,2 milliard dollarga teng edi. Google uchinchi oʻrinda (433,1 milliard dollar).
Keyingi o‘rinlarda Amazon (369,9 milliard dollar) va Nvidia (184,3 milliard dollar) joylashgan. Brendlar reytingida o‘tgan yili to‘qqizinchi o‘rinni egallagan Nvidia o‘z qiymatini ikki baravar oshirib, TikTok, Walmart, Samsung va Facebook’ni ortda qoldirdi.
Shuningdek, tahlilchilarning fikricha, YouTube dunyodagi eng kuchli brend bo‘lib, ikkinchi o‘rinda WeChat (Xitoy) joylashgan. “Kuchli” reytingda Microsoft Google va LEGO’dan o‘zib, uchinchi o‘rinni egalladi.
Eng qimmat brendlarning yarmidan ko’pi Amerika kompaniyalariga, 15 foizi Xitoy brendlariga va 5,6 foizi nemis brendlariga tegishli.