Dunyodan
Dunyoda milliarderlar soni qo’ziqorindek ko’paymoqda
Dunyoda milliarderlar soni qo’ziqorindek ko’payib bormoqda. Forbes jurnalining 40 yillik reytinglari shunday xulosa chiqarishga imkon beradi.
Hozirda dunyodagi milliarderlarning umumiy soni 3428 nafarni tashkil etadi, bu 2025-yilga nisbatan 400 nafarga ko‘p. Har kuni dunyoning qaysidir joyida kamida bitta yangi milliarder paydo bo‘ladi.
Bu milliarderlarning umumiy boyligi 20,1 trillion dollarni tashkil qiladi. Taqqoslash uchun, AQSh yalpi ichki mahsuloti 2025 yilda 30 trillion dollar atrofida bo‘lishi taxmin qilinmoqda.
Dunyoning milliarderlari (Top 10):
1. Ilon Mask – 839 milliard dollar. Manba: Tesla, SpaceX. U tarixdagi eng boy odam sifatidagi mavqeini mustahkamladi.
2. Larri Peyj – 257 milliard dollar. Manba: Google (Alphabet).
3. Jeff Bezos – 224 milliard dollar. Manba: Amazon. Bu avvalgi oyga nisbatan 1 punktga oshgan.
4. Sergey Brin — 237 million dollar. Manba: Google (Alphabet).
5. Mark Sukerberg – 222 milliard dollar. Manba: Meta (Facebook). Ro’yxatdagi eng yosh milliarder (41 yosh).
6. Larri Ellison — 190 milliard dollar. Manami: Oracle.
7. Bernard Arno va uning oilasi – 171 milliard dollar. Manba: LVMH.
8. Jensen Huang – 154 milliard dollar. Manba: Nvidia. U AI (sun’iy intellekt) sohasining o’sishi tufayli birinchi marta top 10 talikka kirdi.
9. Uorren Baffet – 149 milliard dollar. Manba: Berkshire Hathaway.
10. Amansio Ortega — 148 milliard dollar. Manba: ZARA (Inditex).
Alisher Usmonov rossiyalik milliarderlar reytingida 10-o‘rinni egalladi (14,5 milliard dollar).