Dunyodan
“Dunyoda faqat bitta Xitoy bor…” – Xitoy Tayvan masalasida AQShni ogohlantirdi
Xitoy Tashqi ishlar vazirligi Qo’shma Shtatlarni Tayvan masalasida “diplomatik ittifoqlarni mustahkamlash”ga qaratilgan sa’y-harakatlarni to’xtatishga chaqirdi.
Bu haqda vazirlik matbuot kotibi Guo Jiakun ma’lum qildi.
Uning bayonoti Tayvan rahbari Lay Ching-dening Esvatiniga rejalashtirilgan tashrifi Qo’shma Shtatlar tomonidan “vaqtincha qoldirilgani” haqidagi xabardan so’ng yangradi.
Xitoy hukumatining da’vo qilishicha, Esvatinidan tashqari barcha Afrika davlatlari Xitoy bilan diplomatik aloqalar o’rnatgan.
Xitoyning pozitsiyasiga ko’ra, dunyoda faqat bitta Xitoy bor, Tayvan esa Xitoy hududining ajralmas qismidir. Xitoy tomoni, shuningdek, ushbu tamoyil xalqaro huquq va xalqaro munosabatlar me’yorlariga mos kelishini ta’kidlab, uni qo‘llab-quvvatlayotgan mamlakatlarga yuksak baho berdi.
“Dunyoda faqat bitta Xitoy bor. Tayvan Xitoy hududining ajralmas qismidir. Xitoyning yakunda birlashishini hech kim to’xtata olmaydi. Birlashish imkon emas, muqarrarlik sifatida taqdim etilmoqda”, – dedi Guo Jia Kun.
Uning so‘zlariga ko‘ra, “yagona Xitoy” tamoyili global trendga aylangan va uni hech kim to‘xtata olmaydi.
Vazirlik vakili: “Dunyoda endi “Tayvan prezidenti” degan tushuncha yo’q. Kimki bunday noto’g’ri nom ishlatsa, tarixga qarshi ish tutadi va faqat sharmanda bo’ladi.”