Siyosat

diplomatik pasport egalari qisqa muddatli viza talablaridan o‘zaro ozod etiladi

Published

on


Joriy yil 30-iyuldagi «Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida»gi Prezident qaroriga ko‘ra, 2025-yil 12-mart kuni Parij shahrida imzolangan ayrim xalqaro shartnomalar tasdiqlandi.

Ular:


O‘zbekiston Hukumati bilan Fransiya Hukumati o‘rtasida diplomatik pasport egalarini qisqa muddatli viza talablaridan o‘zaro ozod etish to‘g‘risidagi bitim;
O‘zbekiston Hukumati bilan Fransiya Hukumati o‘rtasida rasmiy vakolatxonalar xodimlarining oila a’zolari tomonidan haq to‘lanadigan faoliyatning amalga oshirilishi to‘g‘risidagi bitim.

Tashqi ishlar vazirligi ushbu xalqaro shartnomalarni amalga oshirish uchun mas’ul vakolatli organ etib belgilandi.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi. 



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version