Sport

Devid Bekxemga ritsarlik unvoni berildi

Published

on


Angliya terma jamoasining sobiq sardori Devid Bekxem futbol va Britaniya jamiyatiga qilgan xizmatlari uchun rasman ritsarlik unvoniga sazovor bo‘ldi, deb xabar beradi BBC. 

50 yoshli Bekxem seshanba, 4 noyabr kuni Berkshirda bo‘lib o‘tgan marosimda qirol Charlz III tomonidan ritsarlik unvoniga sazovor bo‘ldi. 

“Men nihoyatda faxrlanaman. Odamlar mening qanday vatanparvar ekanligimni bilishadi – men o‘z vatanimni sevaman. Har doim monarxiya oilam uchun qanchalik muhimligini aytganman. Men dunyo bo‘ylab sayohat qilish baxtiga muyassar bo‘ldim va odamlar men bilan faqat bizning monarxiyamiz haqida gaplashmoqchi, bundan faxrlanaman”, dedi sobiq futbolchi. 

Bekxem 2013 yilda futboldan nafaqaga chiqdi. U “Manchester Yunayted”, “Real Madrid”, PSJ, Milan va Los-Anjeles Geleksi jamoalarida o‘ynagan. Bekxem Angliya, Ispaniya va Fransiya chempionatlarida, shuningdek, Chempionlar Ligasida g‘olib chiqqan. Hozirda Bekxem Lionel Messi o‘ynaydigan Amerikaning “Inter Mayami” klubining ham egasidir



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version