Jamiyat
Davlat zaxirasidagi yerni sotmoqchi bo‘lgan kadastr xodimi ushlandi
Surxondaryo viloyati IIBB JQB Yer resurslari talon-toroj qilinishiga qarshi kurashish bo‘linmasiga fuqaro murojaat qilgan.
Unga asosan, viloyat prokuraturasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda, Kadastrlar palatasining Jarqo‘rg‘on tumani filiali xodimi O‘.B. fuqaro B.R bilan jinoiy til biriktirib, ariza muallifiga Jarqo‘rg‘on tumani Ismoiltepa mahallasi joylashgan davlat zaxirasidagi 40 sotix yer maydonini 200 mln so‘m evaziga sotishlari va 4 mln so‘m evaziga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishni aytishib, kelishilgan 204 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a, v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borishga kirishilgan.