Iqtisodiyot

Davlat xaridlariga oid takliflar faqat elektron shaklda baholanadi

Published

on


“Davlat xaridlari tizimida raqobat muhiti va shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvardan:

davlat buyurtmachilarining xarid rejalari e’lon qilingandan keyin ushbu ma’lumotlar avtomatik ravishda mahalliy ishlab chiqaruvchilarga elektron xabarnoma tarzida yuboriladi;

budjet buyurtmachilari hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida o‘tkaziladigan mahalliy auksion savdolarini o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi.

boshlang‘ich narxni pasaytirish uchun o‘tkaziladigan auksionda 1 ta tadbirkor ishtirok etgan taqdirda, auksion o‘tkazilgan deb hisoblanadi.

2026 yil 1 iyuldan quyidagilar joriy etiladi:

davlat xaridlariga oid takliflarni davlat xaridlari elektron tizimi orqali faqat elektron shaklda baholash;

davlat buyurtmachilari tomonidan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) qabul qiluvchi shaxslarga ishonchnomalarni davlat xaridlari elektron tizimi orqali elektron ko‘rinishda rasmiylashtirish.

Quyidagi mexanizmlarni nazarda tutuvchi “Davlat xaridlarida nazorat” sahifasi joriy etiladi:

davlat xaridlari sohasiga oid huquqbuzarliklar vujudga kelishi mumkin bo‘lgan xavflarning yagona tasnifini shakllantirish;

xavf-xatarlarni toifalarga ajratish, shuningdek, ularni avtomatik aniqlash va xabardor qilish;

davlat buyurtmachilarini sodir etgan huquqbuzarliklariga ko‘ra toifalarga ajratish;

davlat xaridlarida eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga oluvchi “Xaridlarda KPI” raqamli reytingini joriy qilish.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version