Jamiyat

Davlat tibbiyot muassasalari besh kunlik ish rejimiga o‘tkaziladi

Published

on


Prezidentning tegishli qarori bilan 2026 yil 1 apreldan boshlab davlat tibbiyot muassasalarining ish vaqti rejimi besh kunlik ish haftasiga o‘tkazilishi belgilandi. Bunda tibbiyot muassasalari ish faoliyatining uzluksizligini ta’minlash uchun bayram va dam olish kunlari navbatchilik asosida ishlash yo‘lga qo‘yiladi.

Belgilanishicha, 2026 yil 1 yanvardan boshlab davlat tibbiyot muassasalarida Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan:


tuman (shahar) darajasida yangi davolash usullarini joriy qilgan va uning ijobiy samarasiga erishgan tuman (shahar) tibbiyot muassasalari shifokorlariga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi;
davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil ish stajiga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining farzandlariga respublika hududidagi oliy ta’lim tashkilotlarida bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha yillik kontrakt summasining 30 foizi miqdoridagi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravaridan oshmaydigan qismi qoplab beriladi;
tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasida indekslanuvchi va yuqori impakt-faktorli jurnallarda maqolalarni chop etish bilan bog‘liq xarajatlari to‘liq qoplab beriladi;
har yili davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil ish stajiga ega bo‘lgan 500 nafar tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini uy-joy bilan ta’minlash uchun ipoteka krediti asosida sotib olinadigan uy-joyning dastlabki badal to‘lovining 25 foizi qoplab beriladi.
milliy akkreditatsiyadan o‘tgan davlat tibbiyot muassasalari xodimlariga 2026 yil 1 yanvardan boshlab lavozim maoshining 10 foizi miqdorida oylik ustama to‘lash to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version