Sport

Daniil Yeybog Olimpiadadagi 1500 metrlik bahslarni 14-o‘rinda yakunladi

Published

on


Kecha, 14 fevral kuni tog‘ chang‘isi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Medet Nazarov gigant-slalom dasturidagi ishtirokini to‘xtatgandi.

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi

O‘zbekistonlik short-trekchi Daniil Yeybog Italiyada o‘tayotgan qishki Olimpiada o‘yinlarida 1500 metr masofada kechgan chorak final bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tdi.

Yeybog o‘z guruhida 2:16.963 vaqt bilan 3-bo‘lib finishga yetib keldi va yarim finalga yo‘l oldi.

Yarim finaldagi chiqishida esa 2 daqiqa 18 soniya natija bilan 3-bo‘lib finishga keldi.

Bu “A” finaliga yo‘llanma olish uchun yetarli bo‘lmadi va u “V” finalida 10-16-o‘rinlar uchun kurash olib bordi. “V” finalida qatnashgan Yeybog marraga 5-bo‘lib yetib keldi.

Ushbu natija bilan u mazkur masofadagi chiqishini 14-pog‘onada tugatdi.

Kecha, 14 fevral kuni tog‘ chang‘isi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Medet Nazarov gigant-slalom dasturidagi ishtirokini to‘xtatgandi.

Ikki start yakunida 2:46.89 daqiqa qayd etgan Medet Nazarov ushbu dasturni 50-pog‘onada yakunladi.

O‘zbekiston qishki Olimpiadada ikki nafar sportchi bilan qatnashmoqda. Aslida, qo‘lga kiritilgan yo‘llanmalar soni 4 ta edi: Dmitriy Chigirev va Yekaterina Geynish figurali uchishning juftlik yo‘nalishida saralashdan o‘tgan edi. Lekin Chigirev tayyorgarlik jarayonida jarohat olib, Olimpiadagacha tiklana olmadi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version