Sport

Daniil Yeybog medallar uchun bahs olib boradi

Published

on


Bugun o‘zbekistonlik sportchilar Milan-Kortina-2026 qishki Olimpiya o‘yinlaridagi ishtiroklarini davom ettirishdi.

Tog‘ chang‘isi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Medet Nazarov slalom dasturidagi birinchi startini o‘tkazdi. Kuchli qor ostida kechgan shiddatli bahslarda hamyurtimiz 1:07.51 natija qayd etdi. Endi u 17:30 da start oladigan ikkinchi start bilan ishtirokini davom ettiradi.

Short-trekchimiz Daniil Yeybog esa ikkinchi dasturdagi ishtirokini omadli boshladi. 500 metr masofada kechgan saralash bosqichida startga chiqqan yurtdoshimiz kvalifikatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tdi.

Endi u 18-fevral kuni medallar uchun bahs olib boradi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version