Dunyodan
Damashqda IShID yetakchilaridan biri qo‘lga olindi
SANA axborot agentligining xabar berishicha, Suriya ichki xavfsizlik kuchlari IShID terrorchilik tashkiloti yetakchisini Damashq chekkasida qo‘lga oldi.
Agentlik maʼlumotlariga koʻra, bu shaxs Taxi al-Zubi boʻlib, IShIDning Damashqdagi boʻlimi rahbari hisoblanadi.
Suriya Ichki ishlar vazirligining Damashq bo‘limi boshlig‘i general Ahmad al-Daratining qayd etishicha, operatsiya mamlakat razvedka boshqarmasi va IShIDga qarshi kurashayotgan xalqaro koalitsiya bilan kelishilgan holda o‘tkazilgan.
Al Daratining qo‘shimcha qilishicha, reyd davomida qurol-yarog‘ va xudkush kamarlar musodara qilingan.
“Biz terrorchilik harakatlarida qatnashishga jur’at qilgan yoki IShIDni qo‘llab-quvvatlaganlarga aniq xabar yuboramiz: adolat kuchlari qayerda bo‘lmasin, ularga yetib boradi va ular bizning zaminimizda boshpana topa olmaydi”, — dedi suriyalik general.