Jamiyat

Dalolatnoma rasmiylashtirmaslikni va’da qilgan gazchilar ushlandi

Published

on


Jizzax viloyatida fuqaroni aldab, tabiiy gaz hisoblagichi bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirmaslik evaziga pul talab qilgan gaz ta’minoti bo‘limi xodimlarining noqonuniy harakatlari fosh etildi.

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Departamentning Jizzax viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Sharof Rashidovtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi gazchilari J.A. va G‘.X. o‘zaro til biriktirib, fuqaro D.I.ni aldagani aniqlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, ular fuqaroga go‘yoki xonadonidagi tabiiy gaz hisoblagichi buzilganligini aytib, ushbu holat yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirmasliklari evaziga 10 mln so‘m talab qilgan. Shuningdek, ular muqaddam 5 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Tadbir davomida gazchilar tomonidan olingan 5 mln so‘m pul mablag‘ining qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirildi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version