Jamiyat

Chorvoqqa ketish yo‘lida harakat tezligi cheklanadi

Published

on


Chorvoqqa ketish yo‘lida harakatlanish tezligi cheklanadi. 

Toshkent – Chorvoq avtomobil yo‘lining ayrim qismlarida tezlik 80 km/soatgacha cheklanadi. Bu haqda Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining tegishli qarori qabul qilindi. Qaror 2026-yil 2-fevral kuni qabul qilindi.

Davlat ahamiyatiga ega Bektemir – Chirchiq – G‘azalkent – Chorvoq avtomobil yo‘lining 19-kilometridan 74-kilometrigacha bo‘lgan qismida 2025 yilda tezlik rejimiga rioya qilmaslik oqibatida 63 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan.

YTH oqibatida 15 kishi halok bo‘lgan, yana 50 kishi turli darajadagi tan jarohatlari olgan.

Qarorga ko‘ra, 4R-12 avtomobil yo‘lining aholi punktlaridan tashqarida joylashgan 6 ta qismida ruxsat etilgan eng yuqori tezlik 100 km/soatdan 80 km/soatgacha pasaytirildi.

Tezlik cheklovlari joriy etilgan asosiy hududlar:

Yuqori Chirchiq tumani – 19-20 km (Bektemir va Chirchiq oralig‘i);

– Bo‘stonliq tumani:

– 44-45 km;

– 49-50 km;

– 52-53 km;

– 61-62 km;

– 64-65 km;

– 71-74 km (G‘azalkentdan keyin Chorvoq yo‘nalishida).



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version